Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Janubiy Koreyaning Sejon universiteti tadqiqot guruhi yangi turdagi quvvatlantirgich ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Bunga qadar ham turli davlatlarning olimlari masofadan turib quvvatlantirish funksiyasini tajribadan o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi, biroq bu safar olimlar yaxshi natijaga erishgan ko‘rinadi. Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar Janubiy Koreya va xalqaro patent tashkilotlariga ariza topshirgan bo‘lib, hozirda qurilmaning tijoratlashtirish bosqichiga tayyorlanmoqda.
Smartfonni kuchli infraqizil nurlanish hisobiga quvvatlantirish mumkin. U esa, o‘z navbatida, yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgich hisobiga generatsiyalanadi. Aftidan, qurilma bir-ikki metr uzoqlikdan turib ham ishlay oladi, bunda energiya yo‘qolishi bo‘lmaydi yoki minimal ko‘rsatkichni tashkil etadi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta elektron qurilmani quvvatlantirish mumkin bo‘ladi.
Texnologiya xavfsiz: infraqizil simsiz quvvatlantirgich elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilmaydi, bu esa inson organizmining elektromagnit nurlanishdan himoyalanishini kafolatlaydi.
Bu kabi quvvatlantirgich zamonaviy simsiz muqobillaridan samarali bo‘lishi mumkin. Masalan, Apple’ning MagSafe Duo simsiz qurilmasi hatto iPhone’ni to‘liq quvvat bilan quvvatlantira olmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”