
Foto: Videodan kadr
Yaponiya poytaxti Tokio yaqinida joylashgan Sakai shahrida bepul haydovchisiz avtobuslar sinovdan o‘tkazila boshlandi.
Sinovlarni Softbank kompaniyasining sho‘’ba kompaniyasi o‘tkazmoqda. Fransiyaning Navya Arma kompaniyasi ishlab chiqqan avtonom avtobus soatiga 25 km yo‘l bosadi va 15 yo‘lovchi tashiy oladi. Avtobus to‘liq quvvatlangan akkumulatorda 9 soat ishlaydi.
Avtobusda rul va haydovchi o‘rindig‘i yo‘q, u masofadan boshqariladi. Avtobuslarning harakatlanishi GPS yordamida kuzatib boriladi.
Ta’kidlanishicha, Sakai umumiy foydalanish yo‘llarida avtonom avtobuslar paydo bo‘ladigan birinchi yapon shahri bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar