12:45 / 05.03.2021
2 086

Amazon «Gitler mo‘ylovi» sabab logotipini o‘zgartirdi

Amazon «Gitler mo‘ylovi» sabab logotipini o‘zgartirdi
Foto: Twitter /@Alliegator
Amazon kompaniyasi smartfonlar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasining ikonasi «Adolf Gitlerning tabassumi va mo‘ylovi»ga o‘xshagani uchun uni almashtirdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

2021 yilning boshida Amazon o‘zining mobil dasturi ikonasining yangi variantini taqdim etgan bo‘lib, uning dizayni asosini ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ko‘k skotchli quti tashkil etgan.

Ikonaning pastki qismida IT-gigantning rasmiy logotipidan o‘rin olgan «strelka-tabassum» joylashgan. Biroq ushbu variant ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilar orasida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.

Ayrimlar unda «Gitlerning tabassumi»ni aniq ko‘rgan.

Oradan bir oy o‘tgach, Amazon ikonani press-reliz va rasmiy bayonotlarsiz o‘zgartirgan. «Vau, Amazon yangi ikonasi Gitlerga u qadar o‘xshamasligi uchun uning yangi variantini chiqarganini hatto men ham sezmay qolibman», — deb yozadi Twitter foydalanuvchilaridan biri.

Yana bir foydalanuvchi esa endilikda logotip «Avatar» nomli multserial qahramoniga o‘xshab qolganini yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon «Gitler mo‘ylovi» sabab logotipini o‘zgartirdi