08:00 / 27.08.2021
4 130

O‘zbek olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi

O‘zbek olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi
O‘zbekistonlik olimlar pomidordan foydalanib, COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi. Mutaxassis bu vaksina qanday «ishlashini» tushuntirib berdi.

«Bu pomidorni iste’mol qilsak, u oshqozonimizda parchalanib, antitanachalar hosil qiladi. O‘zbekistonda uchrayotgan koronavirusni olib, toj qismini klonlab, o‘simlik hujayrasiga kiritdik. Tekshirib ko‘rdik, o‘simlik hujayrasida chindan ham vaksina ajralmoqda», — deydi mutaxassis.

Uning bildirishicha, oziq-ovqat mahsulotlari orqali emlanish tajribasi Rossiya va Kanadada sut, jo‘xori kabi mahsulotlarda qo‘llanilmoqda. Ularning klinik sinovlari ham yakunlanmoqda.

«Kanadada tamakida, makkajo‘xorida olishdi. Rossiyada biokefir, ya’ni sut mahsulotlarida olindi. Bunda biz bunday qatiqni iste’mol qilsak, koronavirusga qarshi immunitet hosil bo‘ladi», — deydi mutaxassis.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning aytishcha, vaksinalar yaratish bo‘yicha yana bir loyiha ustida ish olib borilmoqda.

«Xalqaro molekular allergologiya markazi bor. Vena universiteti bilan hamkorlikda katta loyihaga qo‘l urganmiz. Bunda qoramollar koronavirusga qarshi vaksina bilan vaksinatsiya qilinsa, uning sutida mana shunday immunoglobulin A paydo bo‘ladi. Bu sutni pasterizatsiya qilib, pishirmasdan turib ichilsa, organizmga kirgan immunoglobulin A koronavirus bilan kurashadi», — deydi vazir.

Rasmiylarning ma’lumot berishicha, ushbu iste’mol qilish vaksinasi JSSTning nomzod vaksinalari ro‘yxatiga kiritilgan ikki vaksinadan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbek olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi