1 917
Geymerlar uchun mo‘ljallangan Red Magic 6s Pro flagmanining texnik tavsifi oshkor bo‘ldi
Foto: TENAA
6 sentabr kuni geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi Red Magic 6s Pro flagmanining taqdimoti bo‘lib o‘tadi, ammo hozirda TENAA regulyatori tomonidan modelning asosiy texnik tavsiflari oshkor qilingan, deb xabar beradi IXBT.
Red Magic 6s Pro modeli Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,8 dyuymli OLED-ekranga ega bo‘ladi. Kadr chastotasi ko‘rsatilmagan, ammo u 120 yoki 144 gers bo‘ladi, sensorli qatlam chastotasi esa — 720 gers. Geymerlar uchun mo‘ljallangan smartfonning yon tomonlariga klavishlar o‘rnatilgan bo‘lib, ularning chastotasi 450 gersga teng.
Ma’lumotlarga ko‘ra, apparat bir kristalli Qualcomm Snapdragon 888 Plus operatsion tizimi bazasiga va uch xil variantdagi xotiraga ega: 8/128, 12/256, 16/512 gigabayt. Frontal kamerasi 8 megapikselni tashkil etadi, asosiy kamera sifatida 64, 8 xa 2 megapikselli datchiklardan foydalanilgan.
Shuningdek, smartfon sozlanadigan RGB «podveska», 120 vattli tezkor quvvatlanish funksiyali sig‘imi 4380 mA/soat akkumulator va Android 11’ga ega bo‘lgan. Qurilma korpusining qalinligi 9,5 millimetrni, og‘irligi esa 215 grammni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi