
“Leonardo” Leoni dronlar yoki yerda yuradigan robotlar uddalay olmaydigan vazifalarni bajarishi uchun ishlab chiqishdi. Bu haqda Gizmodo maqolasida so‘z boradi.
Robotning vazni – 2,58 kg, bo‘yi – 75 sm. Uning parraklari va ingichka «oyoqlari» bor. Yerdan irg‘ish va uchish uchun ana shu oyoqlardan foydalanadi. Batareya va datchiklar robotning “tanasi”ga joylashtirilgan. Shuning uchun to‘liq avtonom va simsiz. Robot yaratuvchilari Astro Boy animesidagi o‘ylab topilgan uchuvchi gumanoid va Richard Brauningning “uchuvchi odam” kostyumidan ilhomlanishgan.
Sinovdan o‘tkazish vaqtida robot-dron murakkab to‘siqlardan o‘tgan va muvozanatni tekshirgan. Masalan, skeytbordda uchgan va arqon ustida yura olgan. Robotni ishlab chiqqan mutaxassislar unga murakkab vazifalarni bajarishni o‘rgatishmoqchi. Masalan, zararlangan ob’ektlarni ko‘zdan kechirish yoki ularni ta’mirlash, yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga qurilmalarni o‘rnatish hamda tabiiy ofatlar va sanoat avariyalarida yordam ko‘rsatish kabilar shular jumlasidan.
Shuningdek, ular kelajakda mazkur robotdan mayda qurilmalarni boshqa sayyoralarga yetkazishda foydalanish mumkin, deb hisoblashyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar