Foto: Aleksey Zotov/TASS
Noyabrda Telegram’dagi rasmiy reklamalarni o‘chirishning pulli funksiyasi ishga tushadi, deb ma’lum qildi messenjer asoschisi Pavel Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya unchalik qimmat bo‘lmagan obuna shaklida rasmiylashtiriladi.
Durovning qayd etishicha, ayrim foydalanuvchilar o‘z kanallaridagi reklama e’lonlarini "o‘chirib qo‘yish"ni istaydi. Hozirda messenjer ma’muriyati bu opsiyaning iqtisodiy shartlarini ko‘rib chiqmoqda.
26 oktabr kuni tarmoq asoschisi Pavel Durov endilikda o‘quvchilarga xalaqit bermaydigan ko‘rinishda reklamalar berib borilishini e’lon qilgandi.
Ma’lumot berilishicha, reklama xabarlarining uzunligi 160 ta belgidan oshmaydi, ularda fotosuratlar va boshqa saytlarga havolalar bo‘lmaydi. Reklama kanaldagi barcha yangi xabarlar ko‘rib bo‘linganidan keyin paydo bo‘ladi. 5 noyabrga o‘tar kechasi shunday reklamaning birinchisi paydo bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...