Foto: «Google.com»
Yaponiyaning Kayo shahrida dunyodagi birinchi poyezd-avtobus gibridi ishga tushirildi. U avtomobil yo‘lida ham, relslarda ham harakatlana oladi. Bu haqda The Japan Timesga asoslanib Yesoreiter.ru ma’lum qildi.
DMV ikki rejimli avtomobil old tomonida temir yo‘l g‘ildiraklari bo‘lgan avtobusga o‘xshaydi. Ushbu transport temir yo‘lga yaqinlashganda, uning haydovchisi temir yo‘l g‘ildiraklarini pastga tushiradi, buning uchun atigi 15 soniya vaqt kerak bo‘ladi. Bunday holda, oldingi avtomobil g‘ildiraklari ko‘tariladi va relslarga tegmaydi. Orqa g‘ildiraklar o‘z o‘zidan temir yo‘l g‘ildiragi ortidan harakatlanadi.
DMV dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanadi va o‘z ichiga 21 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Uning tezligi temir yo‘lda 60 km / soat va avtomobil yo‘lida taxminan 100 km / soatga yetadi.
«DMV ni ishlab chiqish uchun deyarli 10 yil vaqt ketdi»,— deydi Kayo shahri meri va DMV ni ishlab chiqishni moliyalashtirgan Asia Coast Railway Co kompaniyasi prezidenti Sigeki Miura.
Prefektura ishlab chiqaruvchilari va ma’murlari yangi avtomobil nafaqat sayyohlarni jalb qilishiga, balki keksalar harakatini osonlashtirishiga umid bildirgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi