Foto: Pinterest
Ko‘pincha mushak-skelet tizimining kasalliklari 30 yoshdan keyin o‘zini namoyon qiladi. Bu qisman odamlar odatda organizmda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tan olmasliklari va o‘zlarini keraksiz stressga duchor qilishlari bilan bog‘liq. Shuningdek, ushbu yoshda ular ko‘pincha o‘zlarini avvalgi holatga qaytarish uchun uzoq tanaffusdan keyin sport zalida mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Shu bilan birga, organizm endi ilgari osonlik bilan bajargan ishlarga imkoniyati yetmasligini tushunmaydi. Noqulay poyabzal, harakatsiz turmush tarzi, juda qizg‘in mashg‘ulotlar va hatto tez-tez safar qilish — bularning barchasi oyoq sog‘lig‘ini yomonlashtirishi mumkin. «Lisa.ru» nashri 30 yoshdan keyin yuzaga chiqadigan oyoqdagi muammolar va ular bilan qanday kurashish kerakligini ma’lum qildi.
Varikoz kasalligi
Varikoz tomirlari 30 yoshdan oshgan ayol va erkaklarda tobora ko‘proq uchramoqda. Bunda zamonaviy turmush tarzini ayblash mumkin. Sababi harakat qilish juda kamaygan. Kuni bo‘yi ofisda o‘tirgan holatda ishlash, mashina boshqarish va jamoat transportidan foydalanish kabilar tufaylidir. Shu sababli oyoqning venoz tizimi azoblanadi. Faqat harakatlanayotganda oyoq mushaklari ishlaydi, bu esa venoz qonning yurakka chiqishini rag‘batlantiradi. Statik holatda mushaklar qisqarmaydi, qon aylanmaydi. Tik yoki o‘tirgan holat qancha uzoq davom etsa, venoz tizimning zo‘riqishi shunchalik ortadi. Bunday turmush tarzi ko‘pincha varikoz tomirlarining bo‘rtib chiqishi, og‘riq va hattoki ularning yorilib ketishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu patologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan boshqa omillar orasida oyoqlarda ishlash, muntazam ravishda og‘ir yuklarni ko‘tarish, noto‘g‘ri ovqatlanish, avtomobil va samolyotda uzoq sayohat qilish kiradi. Ha, uzoq muddatli sayohat tomirlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Buning sababi oddiy: samolyot yoki mashinada uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tiriladi, mushaklar ishlamaydi, qon turg‘unlashadi. Bundan tashqari, parvoz paytida tomirlar doimiy bosimning pasayishi tufayli qo‘shimcha stressga duch keladi.
Yassi oyoqlar
Ushbu patologiya bilan oyoqlarning tag qismi tekislanadi, shuning uchun oyoqlarda zarba yuki noto‘g‘ri taqsimlanadi. Muayyan omillar ta’sirida oyoqning chuqurcha qismi yosh o‘tishi bilan deformatsiyalanadi. Baland poshnali yoki aksincha, butunlay tekis taglikli poyabzal kiyish, ortiqcha jismoniy kuch va semizlik oyoqlarga zarar yetkazadi. Bularning barchasi tufayli, 30 yoshdan keyin patologiyaning asosiy belgilari sifatida kunning oxirigacha ishlash yoki kichik yukdan keyin oyoqlarda charchoq va og‘riqlar bezovta qiladi.
Suyakning bo‘rtib chiqishi («kostochka»)
Ko‘pincha ayollar ushbu holatga duch keladi. Hallux valgus («kostochka») — bosh barmoqning oyoqning tashqi tomoniga og‘ishi, bu bosh barmoq bo‘g‘imida suyak holatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. «Kostochki» paydo bo‘lishining sabablari orasiga irsiy moyillik, orttirilgan jarohatlar, ortiqcha vazn, oyoqlarning zo‘riqishi va noqulay poyabzal ham kiradi. Noqulay poyabzal kiyilsa, «kostochka» shakllanishini qo‘zg‘atadi yoki tezlashtiradi, shuning uchun og‘riq 30 yoshdan boshlab bezovta qila boshlaydi. Qattiq baland poshnali poyabzal kiyish oyoqning old tomoniga yukni tushiradi, poyabzalning torligi barmoqlarni siqib chiqaradi, xususan katta, noto‘g‘ri holatda, vaqt o‘tishi bilan og‘riq va yallig‘lanishni keltirib chiqaradi.
Tizza kasalliklari
Bu ko‘proq yoshligida sport bilan faol shug‘ullanadigan, organizmni doimiy ravishda kuchli jismoniy zo‘riqishlarga duchor qiladiganlar uchun xosdir. Ushbu turmush tarzi tufayli artrozning rivojlanish ehtimoli ortadi. Bu eng keng tarqalgan ortopedik kasalliklardan biri bo‘lib, unda bo‘g‘imlarning to‘qimalari ingichka bo‘lib, asta-sekin yo‘qoladi. Patologiyaning rivojlanishiga uyda yoki mashg‘ulot paytida olingan jarohatlar va kichik lat yeyishlar ham yordam beradi. Ortiqcha vazn, irsiy moyillik, harakatsiz turmush tarzi — bularning barchasi artrozning sabablari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, tizzalar ham artritga moyil bo‘ladi — bu bo‘g‘imlarning yallig‘lanishidir. Ular o‘tmishdagi virusli va bakterial infeksiyalar, gormonal tizimning noto‘g‘ri ishlashi, genetik moyillik va bo‘g‘imlarning jismonan ortiqcha yuklanishi bilan izohlash mumkin. Ko‘pincha artrit artrozni keltirib chiqaradi yoki aksincha. Yallig‘lanish to‘g‘aylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Mushaklarnng harakatsizlikka moslashuvi
O‘troq ish va kam jismoniy faollik bilan mushak, pay va yumshoq to‘qimalar asta-sekin elastikligini yo‘qotadi. 30 yoshga kelib, oyoqlar barcha turdagi zararlarga nisbatan zaiflashadi. Mushaklar tezda harakatsiz turmush tarziga o‘rganadi, shuning uchun oyoqlar hatto minimal jismoniy kuch bilan ham og‘riy boshlaydi. Misol uchun, uzoq tanaffusdan so‘ng sport zaliga qaytgan odam juda ehtiyot bo‘lishi kerak, shug‘ullanishdan oldin biroz yengil mashqlar bilan organizmni qizdirib olishi zarur.
Muammolardan qanday qochish kerak
Ko‘proq harakat qilish kerak. Harakatlanayotganda mushaklar ishlaydi, bu esa venoz qonning yurakka chiqishini rag‘batlantiradi. O‘rtacha faol hayot tarzini olib borish tavsiya etiladi. Keyinchalik organizm uzoq vaqtdan beri harakatsiz qolgan mushaklarga o‘rganib qolmasligi uchun sport bilan shug‘ullanishni to‘xtatmaslik kerak.
Ovqatlanish ham muvozanatli bo‘lishi kerak. Ortiqcha vazn tufayli ko‘plab qo‘shimcha muammolar paydo bo‘ladi.
Oyoqlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun venoz qonning chiqishini yaxshilaydigan qisib turuvchi paypoqlarni kiyish tavsiya etiladi. Homiladorlik paytida, harakatsiz turmush tarzi, oyoqda ishlash, avtomobil yoki parvoz sayohatlari paytida ajralmas hisoblanadi.
To‘piqli tor poyabzallardan saqlanish kerak. Oyoqlarning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradigan qulay ortopedik poyabzal kiyish tavisya etiladi.
Agar kasallik allaqachon tashvishlantirayotgan bo‘lsa, davolanishni tayinlaydigan ortopedga murojaat qilish lozim. Odatda 30 yoshda bunday kasalliklar erta bosqichda aniqlnadi, shuning uchun ular bilan kurashish osonroq kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”