Foto: Pinterest
Ko‘pchilik go‘zallik ichkaridan boshlanadi, degan fikrni eshitgan va teri masalasida bu 100 foiz to‘g‘ri. Insonning iste’mol qilayotgan har bir narsasi tashqi ko‘rinishiga bevosita ta’sir qiladi. Foydali yog‘lar, antioksidant, vitamin C, kollagen va aminokislotalarga boy sog‘lom ratsion teri yorqinligini ta’minlovchi mahsulotlarga ehtiyojni yo‘q qiladi. Elle nashri yuzdagi charchoq, shish va ajinlarni yo‘qotadigan oltita ozuqaviy mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Avokado
Foto: Elle
Avokadoning foydali xususiyatlari haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ko‘p va to‘yinmagan yog‘li kislotalar terini elastik va yorqin bo‘lishiga yordam beradi, shikastlangan teri hujayralarini qayta tiklaydi, qizarish va ta’sirchalik xususiyatini kamaytiradi. Omega-9, ayniqsa, epidural (yuqori) qatlamni namlaydi va bu, o‘z navbatida, o‘sha yorqinlikni ifodalaydi. Avokado antioksidant karotenoidlarga ham boy bo‘lib, ular qarishning asosiy sababchisi bo‘lgan erkin radikallarga qarshi kurashda teridagi suyuqlikni saqlaydi.
Baliq
Foto: Elle
Umuman olganda, yog‘li baliqlar va ayniqsa, losos omega-3 ga to‘la, bu teri uchun mo‘’jizalar yaratadigan yana bir ajoyib mahsulotdir. Ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar terini quyosh ta’siridan himoya qiladi, allaqachon shikastlangan terini tiklashga yordam beradi, toksinlarni chiqarib tashlash orqali hujayra membranalarini sog‘lom saqlaydi va namlaydi.
Qorag‘at
Foto: Elle
Antioksidantlar erkin radikallarni zararsizlantiradi va ularni qabul qilishning eng oson yo‘li ratsionga qorag‘atni qo‘shishdir. Shuningdek, mevalar A vitaminiga boy bo‘lib, teridagi yog‘ miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi va terini tabiiy ravishda tozalash uchun juda foydali.
Suyak buloni
Foto: Elle
Suyak buloni kollagen, kalsiy va magniy kabi mineral va aminokislotalarning omboridir. Suyaklar bir necha soat qaynatilganda, ularning ichidagi kollagen jelatinga aylanadi, u terini mustahkam, silliq va elastik qiladi. Suyak bulonidagi jelatin ovqat hazm qilish tizimini tinchlantirishga yordam beradi, bu qarishning yana bir omili bo‘lgan yallig‘lanishni ham kamaytiradi.
Limon
Foto: Elle
Limon teri uchun juda ham foydalidir, chunki uning tarkibida erkin radikallarni zararsizlantiradigan kollagen va elastin ishlab chiqarishga yordam beradigan C vitamini bor. Bundan tashqari, uning tarkibidagi minerallar qonning ishqorlanishiga yordam beradi va organizmning pH qiymatini me’yorga keltiradi. Organizmning pH darajasi nazoratdan chiqib ketganda, teri o‘ta sezgir, quruq va ta’sirchanlik paydo bo‘lishiga moyil bo‘ladi, shuning uchun optimal pH muvozanatini saqlash muhimdir.
Zarchava
Foto: Elle
Zarchava yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Qisqa muddatda teri shishi va charchoq, ajin va umumiy qarish bilan kurashadi. Quritilgan yoki yangi zarchava iste’mol qilish, ekzema va rozatsea kabi jiddiy yallig‘lanishli teri muammolarini yengillashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi