07:00 / 27.09.2023
315

Bel yoki oyoq og‘risa, kardiolog ko‘rigidan o‘ting: yurak ishemik kasalligining kutilmagan belgilari

Bel yoki oyoq og‘risa, kardiolog ko‘rigidan o‘ting: yurak ishemik kasalligining kutilmagan belgilari

Foto: “Noviy ochag”

Yurak kasalligi butun dunyo bo‘ylab o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Yurak xurujining boshlanishini o‘z vaqtida aniqlash va shifokor bilan maslahatlashish esa juda ham muhim. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish qoidalarini bilish salomatlik uchun ahamiyatlidir. Shuningdek, arteriyalar tiqilib qolishining dastlabki belgilarini bilib qo‘yish va o‘z vaqtida chora ko‘rish kasallikdan himoyalanishning eng yaxshi yo‘li hisoblanadi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Soch to‘kilishi

Bunga ishonish qiyin, lekin erkak va ayollarda erta soch to‘kilishi haqiqatan ham arteriyalarning tiqilib qolishi va qon ivishining yuqori xavfi bilan bog‘liq. Masalan, 37 000 erkak ishtirok etgan tadqiqot natijalari soch to‘kilishi va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. 4000 dan ortiq ayollar ishtirok etgan yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu alomat ayollarda ham mavjud. Shuning uchun soch to‘kilishi avvalgidan ko‘ra ko‘proq kuzatilsa, kardiolog tomonidan muntazam tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi.

Quloq burmasi

Yurak ishemik kasalligining yana bir belgisi — quloqdagi burma yoki ajinlardir. Kasallikning bu belgisi so‘nggi o‘n yilliklarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda qayd etilgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, asosiy narsa qon ta’minotining yomonlashuvida: arteriyalarning tiqilib qolishi tufayli qon yaxshi haydalmaydi va organizm birinchi navbatda muhim organlarni kislorod bilan ta’minlashga intiladi, qolgan organlarga esa kislorod borishi qiyinlashadi.

Oyoqlarda og‘riq

Ayniqsa, chekuvchilar uchun ushbu belgiga e’tibor berish juda muhimdir: qon ta’minoti yomonlashishi tufayli pastki ekstremitalarning arteriyalari tiqilib qoladi va oyoqdagi o‘tkir og‘riq oqsoqlanish yoki yiqilib ketishga olib kelishi mumkin. Agar shunday vaziyat yuz bersa, shifokor ko‘rigidan o‘tish, shuningdek, ko‘proq sabzavot yeyishga va piyoda yurishga harakat qilish lozim.

Bo‘yin va jag‘da og‘riq

Bu har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan juda muhim alomatdir: haqiqat shundaki, ayollarda yurak xurujining dastlabki belgilaridan biri ko‘krak qafasida emas, balki bo‘yin yoki jag‘dagi og‘riqdir. Afsuski, shuning uchun ham ayollar ko‘pincha shifokorga juda kech murojaat qiladi, chunki ular yurak xurujidan gumon ham qilmaydi. Unutmaslik lozim, bo‘yin yoki jag‘dagi og‘riqlar kardiolog bilan bog‘lanish uchun muhim sababdir.

Bel og‘rig‘i

Ishemik yurak kasalligining yana bir noodatiy, ammo juda keng tarqalgan alomati bel og‘rig‘idir. Haqiqat shundaki, qon aylanishining yetishmasligi disklarni zaiflashtirishi va umurtqa pog‘onasidagi bosimni oshirishi mumkin, natijada bel sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Agar tez-tez bel og‘rig‘i kuzatilsa, kardiolog bilan maslahatlashib, undan kardiogramma yoki yurakning ultratovush tekshiruvini buyurishini so‘rash maqsadga muvofiqdir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bel yoki oyoq og‘risa, kardiolog ko‘rigidan o‘ting: yurak ishemik kasalligining kutilmagan belgilari