Foto: Cosmopolitan
Ayollar salomatligi va go‘zalligida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega ekani barchaga ayon. Shunday ekan, bugun biz teri, soch va tirnoqlarning holatini yaxshilaydigan hamda erta qarishdan himoya qiladigan 3 muhim mahsulot haqida so‘z yuritamiz.
Jigar va til
Bugungi kunda reproduktiv yoshdagi ayollar ko‘p duch keladigan muammolardan biri – temir tanqisligi anemiyasidir. Ushbu kasallik organizmda temir yetishmasligiga olib keladi, natijada tirnoqlar mo‘rtlashadi, sochlar jilosini yo‘qotib, siyraklashadi, teri rangi oqarib ketadi.
Jigar va til tarkibida maxsus modda – gem mavjud bo‘lib, u temir atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi hisoblanadi. Shuning uchun mol go‘shti, yoki tovuq jigarini, shuningdek, mol tilini muntazam ovqatlanish ratsioniga kiritish kamqonlik kasalligining oldini oladi.
Karam mahsulotlari
Brokkoli, oq karam, gulkaram, shuningdek, bryussel karami tarkibida B guruhi vitaminlari yuqori bo‘lgan sabzavotlar hisoblanadi. Mazkur vitaminlar ayniqsa asab tizimi uchun foydalidir. Shuningdek, karam immunitetni mustahkamlovchi xususiyatga ega bo‘lib, ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Sabzi
Qizil sabzi ayollarning yoshligi va go‘zalligini saqlashga yordam beradigan vitaminlarga boy mahsulot bo‘lib, ulardan eng muhimi – vitamin E qarish jarayonini sekinlashtiradi va homiladorlar uchun foydalidir. Hafta mobaynida ichilgan bir stakan sabzi sharbati infarkt va insultning oldini olishda yaxshi profilaktika bo‘la oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi