Shunday moddalar borki, shifokorlar ularni hamma uchun muhim deb hisoblashadi va u uchun dorixonaga borish shart emas.
Zamonaviy shahar aholisi asosan ma’lum turdagi kasalliklardan aziyat chekadi. Ko‘pincha harakatsiz turmush tarzi va yuqori stress darajasi tufayli odamlar yurak-qon tomir kasalliklariga duchor bo‘lishadi. Ko‘tarilgan yoki pasaygan qon bosimi — deyarli har bir kishi duch keladigan muammo. Shifokorlarning aytishicha, buni doimiy ravishda me’yorda ushlab turish unchalik qiyin emas.
Livanlik olimlar guruhi keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazib, oddiy moddalar inson organizmiga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Olimlar D vitamini foydali ekanini har doim bilgan, biroq uzoq vaqt davomida uning arteriyalar salomatligi bilan bog‘liqligini aniqlash qiyin bo‘lgan. Semizlikdan aziyat chekayotgan 200 nafar bemor ustida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, bu modda hattoki bunday odamlarga ham normal qon bosimini saqlab turishga yordam bergani aniqlandi.
Shu bilan birga, shifokorlar “quyosh vitamini”ning kunlik normasini qo‘shimchalarsiz ham olish mumkinligini ta’kidlaydi. Buning uchun pishloq, tvorog, sariyog‘, baliq va dengiz mahsulotlarini kunlik ratsionga kiritish kifoya. Agar bu mahsulotlar doimiy ravishda dasturxoningizda bo‘lsa, normal qon bosimini saqlash unchalik qiyin bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?