Xirurg kolbasali buterbrodlarning asosiy xavfini ochiqladi

1 daqiqa o'qish686
Xirurg kolbasali buterbrodlarning asosiy xavfini ochiqladi
Kolbasali buterbrodlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish salomatlik uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirdi xirurg Aleksandr Umnov. Uning so‘zlarini News.ru nashri keltirmoqda.

Bu yerda faqat ortiqcha vazn to‘plash haqida gap ketmayapti. Mutahassisning ta’kidlashicha, bunday ovqatlanish boshqa jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kolbasa organizmga qanday zarar yetkazadi?

Agar kishi har kuni kolbasali buterbrodlar bilan nonushta qilsa yoki tez-tez iste’mol qilsa, u:
- Oshqozon osti bezi (podjeludochnaya) faoliyati buzilishi,
- Buyraklar ishlashida muammolar,
- Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari kabi jiddiy muammolarga duch kelish xavfiga ega bo‘ladi.

Shifokorning ta’kidlashicha, kolbasa tarkibida juda ko‘p konservantlar, xolesterin va tuz mavjud. Ushbu moddalar organizmning muhim a’zolarini tezda yemiradi.

Ortiqcha vazn va boshqa xavflar

Xirurgning ta’kidlashicha, ortiqcha vazn ham katta muammo hisoblanadi. Agar inson doimiy ravishda kolbasali buterbrodlarni iste’mol qilsa, u bir necha kilogrammga semirishi mumkin, bu esa uzoq muddatda semizlik (ojireniye) ga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, non va kolbasa bilan tez-tez gazak yeyish (perekus) bo‘yrak tosh kasalligi (mochekamennaya bolezn) rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Xususan, eng arzon kolbasa mahsulotlarini tanlash eng katta xatolardan biri. Ularning tarkibida deyarli go‘sht yo‘q, aksincha, shox, tuyoq, xryashlar va hayvon qoldiqlari ko‘p bo‘ladi. Bu esa inson organizmi uchun katta xavf tug‘diradi, deya xulosa qildi mutaxassis.

Mutaxassislar bunday mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilishdan ogohlantirmoqda. Ovqatlanish tarkibini qayta ko‘rib chiqish va sifatli, tabiiy mahsulotlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?