08:19 / 16.03.2017
10 995

Nima uchun erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishadi?

Nima uchun erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishadi?

Sarimsoqpiyoz hidi — ushbu o‘simlik borasida umumiy qarash paydo bo‘lmaganining asosiy sababidir. Oshpazlar sarimsoqni yaxshi ko‘rishadi va uni deyarli barcha taomga qo‘shish tarafdoridirlar. Ammo, jamoatchilik fikri, uning hidi tufayli turlicha ekani barchaga yaxshi ma’lum.

Biroq, ayrim kishilarni sarimsoqpiyoz hidi o‘ziga tortishi ham mumkin ekan. Tadqiqotlar natijalari ko‘plab ayollar yengilgina sarimsoq hidi kelib turgan erlarini yoqtirishini ko‘rsatmoqda. Quyida buning sababiga oydinlik kiritamiz.

Shotlandiyadagi Stirling universiteti olimlarining tadqiqoti bu borada inqilob yasadi. Unga ko‘ra, ayollarning aksariyati sarimsoqpiyoz hidini sog‘lom er hidiga qiyoslashar ekan. Agar sarimsoqning kuchli antibiotik xususiyatlari e’tiborga olinadigan bo‘lsa, bu fikr unchalik ham noto‘g‘riga o‘xshamaydi.

42 nafar erkakdan iborat tajriba guruhi xom sarimsoq donalarini iste’mol qilib, qo‘ltig‘i ostida salfetka olib yurishgan. Ularning ter namunalarini esa, 82 ayolga hidlatishgan va yoqimli, o‘ziga tortuvchi, erlikni ta’kidlovchi va o‘tkirligi jihatidan baholash so‘ralgan.

Natijalar esa kishini hayratga solishi shubhasiz. Ko‘p hollarda xom sarimsoq egan erkaklarning ter hidi sarimsoq piyoz emagan erkaklarga qaraganda ayollarga ko‘proq ma’qul kelgan. Erkak qanchalik ko‘p ushbu piyozdan tanovul qilsa, uning hidi shunchalik o‘tkirlashgan, teridagi feromonlar aralashmasi yuqori ko‘rsatkichga etgan.

Kimyodan ma’lumki, sarimsoq tarkibida oltingugurtli vodorod va rux bo‘lib, bu moddalar erkak jinsining kimyoviy o‘ziga xosligini belgilovchi testosteron moddasini ishlab chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Uning asosini tashkil etadi.

Bunday g‘aroyib natijalarni ayollarga ko‘proq sog‘lom erkaklar yoqishi bilan izohlash mumkin. Sarimsoqpiyoz esa sabzavotlar orasidagi eng sog‘lomi hisoblanadi.

Umuman, xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sarimsoq shundoq ham afrodiziak hisoblanadi. Uning tarkibida qon quyilishini ko‘paytirish xususiyatiga ega allisin moddasi mavjud. Bu shuni anglatadiki, tez orada sarimsoqpiyoz negizida mahalliy ta’sir kuchiga ega spreylar ishlab chiqarilsa, ajab emas.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun erkaklar sarimsoqpiyozni ko‘proq tanovul qilishadi?