O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.
Qaror bilan Sud-tibbiy ekspertiza bosh byurosini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi etib qayta tashkil etish shuningdek, Markazning Toshkent shahar filialini tashkil qilish belgilandi.
Sud-tibbiy ekspertiza faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish sud-tibbiy xizmatini isloh qilishning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sud-tibbiy ekspertizalari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi va o‘z faoliyatida Markazga bo‘ysunadi.
Qaror bilan Markaz va uning hududiy bo‘linmalariga pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqi beriladi.
Pullik xizmatlardan tushgan mablag‘larning 50 foizigacha bo‘lgan qismi Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Marhumlar jasadini tashish Toshkent shahar tez tibbiy yordam xizmati va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallaridan Markaz va uning hududiy filiallariga o‘tkaziladi.
Toshkent shahrida Olmazor, Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlararo sud-tibbiy ekspertiza punktlari ochish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Sud-tibbiy xizmat faoliyati sohasida elektron ma’lumotlar bazasini yaratiladi.
Shuningdek, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy xizmatining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida tanatologiya bo‘limlari (morglar) va laboratoriya bo‘linmalarida sud-tibbiy va kriminalistik tadqiqotlarni ISO 9001 va 17025 xalqaro mezonlariga muvofiq o‘tkazish uchun ularni sovutkichli kameralar, seksiyali to‘plamlar, zamonaviy jihozlar, uskunalar, butlovchi qismlar va reaktiv moddalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi