10:07 / 26.04.2022
949

Parhezshunos shokoladning kutilmagan ijobiy ta’sirini ma’lum qildi

Parhezshunos shokoladning kutilmagan ijobiy ta’sirini ma’lum qildi
Parhezshunoslar Kortni Djandjelo va Trista Best Eat This, Not That portaliga shokoladning kutilmagan foydali jihatlarini ma’lum qildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qora shokoladda oddiy shokoladga qaraganda ancha foydali, chunki, uning tarkibida kakao miqdori ko‘p bo‘lib, u antioksidantlarga boy. Masalan flavanoid antioksidanti yurakka ijobiy ta’sir qiladi.

Antioksidantlar qon aylanishini yaxshilashi, tromblar paydo bo‘lish xavfini kamaytirishi va hatto qon bosimini tushirishi mumkin. Shokoladni me’yorda iste’mol qilish insult va boshqa yurak kasalliklarini xavfini yo‘qotishi mumkin”, - deydi Djandjelo.

Shokolad tushkunlikni bartaraf qilishga ham yordam beradi. Biroq bunda shakar miqdoriga jiddiy e’tibor berish kerak. Shakar moddasi ko‘payganda bezovtalanish va tushkunlik kayfiyati rivojlanishi mumkin. Shuningdek, ko‘p shokolad yeyish mevalar iste’mol qilish xohishini yo‘qotadi.
Shu bilan birga ushbu mahsulot miya va uning kognitiv funksiyalarini yaxshilashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Parhezshunos shokoladning kutilmagan ijobiy ta’sirini ma’lum qildi