Go‘zallik qurbonlik talab qiladi, deyiladi. Buni Uelsning Reksem shaharchasida yashovchi Salli Roberts o‘z tanasida sinab ko‘rdi. U o‘zining lablarini shishirish uchun jarrohlik amaliyotini bajartirganidan keyin, uning labi shunchalik shishib ketdiki, u hatto ovqat ham yeb-icholmay qoldi, deb xabar beradi Qalampir nashri.
Jarrohlik amaliyotining keyingi kuni, Robertsning tashqi ko‘rinishini yanada chiroyli qilishi kerak bo‘lgan lablari shishib, yorilib ketgan. Zamonaviy moda talabgori labining yorilgan joylaridan, shifokor tomonidan kiritilgan suyuqlik sizib chiqa boshlagan.
Robertsda labiga kiritilgan ximiyaviy suyuqlikka nisbatan kuchli allergiya boshlangan. Uelslik ayol to‘g‘ri ma’noda tilini yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Shifokorlar zudli bilan og‘riqni qoldiruvchi, shamollashning oldini oluvchi va organizmda jarayonlarni sekinlashtiruvchi dorilarni yozib berishga majbur bo‘lgan. Aks holda Robertsda anafilaktik (shok) karaxtlik boshlanishi mumkin edi.
Roberts omadli ekan, shifokorlar o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zishdi va jarrohlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan jiddiy ko‘ngilsizlikning oldi olindi. Endi, Roberts barchaga plastik jarrohligini o‘tkazishdan oldin kerakli laboratoriya tahlillarni o‘tkazishni tavsiya qilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi