11:39 / 13.03.2020
4 417

Britaniyada koronavirus bo'yicha tadqiqotlar

Britaniyada koronavirus bo'yicha tadqiqotlar
Olimlar koronavirusning Buyuk Britaniyada qanday tarqalayotganini aniqlash uchun yuqtirgan bemorlarning individual namunalaridan genetik kodini tahlil qilishmoqda. Genetik material namunasi infeksiyalar zanjirida yana bir qadam - kimlar yuqtirganligini ochib beradi. Liverpul universiteti olimlari bemorlarning tomoqdagi qichishishlarida boshqa viruslar va bakteriyalarni ham aniqlashmoqda. Va bu ba’zi bemorlarning jiddiy kasallikka duchor bo‘lishlarini tushuntirishga yordam beradi.

"Kimlar kasallikka chalinayotgani, ular kasallikni qanday yuqtirib olayotgani, insonda mavjud boshqa kasalliklarning virusga ta’siri va immunitetning virusdan himoyalanishdagi ahamiyati qanday?" tadqiqotchilar shu kabi savollarga javob qidirib izlanishlar olib bormoqda, deydi BBC Newsga bosh tergovchi Prof Kalum Semple.

Shunga o‘xshash yondashuv 2015 yilda G‘arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalishini kuzatishda ishlatilgan.
Liverpul universiteti professori Tom Sulaymon, muxbirlar bilan suhbatda shunday dedi: "Bizda ba’zi bemorlar bor, ular virusni qanday yuqtirishgani haqida bilmaymiz, lekin ularning genetik materiallarini ko‘rib chiqish va taqqoslash orqali, virus tarqalishini uzoq muddat davom etishini oldini olish mumkin".

Liverpul universitetida maxsus jamoaga Edinburg, Oksford, Bristol va Glazgo singari boshqa bir qator universitetlarning olimlari jalb qilingan. Izlanishlar ular koronavirusning RNK sini aniqlashlari mumkinligini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Britaniyada koronavirus bo'yicha tadqiqotlar