Xitoyda haydovchisiz yuk mashinalari yo‘lga chiqdi

1 daqiqa o'qish129
Xitoyda haydovchisiz yuk mashinalari yo‘lga chiqdi

Xitoyda sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan haydovchisiz yuk mashinalari ayrim avtomagistrallarda yuk tashishni boshladi. Yangi avlod transport vositalari inson ishtirokisiz harakatlanib, logistika sohasida muhim yangilik sifatida baholanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yuk mashinalari atrof-muhitni kuzatish uchun yuqori aniqlikdagi kameralar, LiDAR, radarlar, GPS tizimi hamda yuqori aniqlikdagi raqamli xaritalardan foydalanadi. Bu texnologiyalar yo‘ldagi boshqa transport vositalari, piyodalar va turli to‘siqlarni aniqlab, xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, haydovchisiz yuk tashish tizimi logistika xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi, yuklarni tezroq va uzluksiz yetkazib berishga yordam berishi hamda transport tarmog‘ining umumiy samaradorligini oshirishi kutilmoqda. Shuningdek, bunday texnologiya inson omili bilan bog‘liq ayrim xatolarni kamaytirishga ham xizmat qilishi mumkin.

Hozircha haydovchisiz yuk mashinalari Xitoyning barcha yo‘llarida emas. Ular asosan maxsus ruxsat berilgan avtomagistrallar va ayrim hududlarda sinov hamda tijorat tartibida harakatlanmoqda. Agar loyihalar muvaffaqiyatli yakunlansa, kelgusida bunday transport vositalarining faoliyati mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?