Ukraina bozorida taqdim etilgan arzon avtomobillar reytingida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Avtoblog.ua saytiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, minimal narxi 5800 dollar bo‘lgan «Ravon Matiz» modeli Ukrainada eng arzon model sifatida ko‘rib kelinardi.
Endilikda, mamlakat avtobozori tahlili natijalaridan keyin reytingda Eronning «Saipa Tiba» markasi etakchilik qilmoqda. Bu model Ukrainaning «Bogdan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Eronliklar markasi narxi «Ravon Matiz» modeli narxidan 360 dollarga arzonroq sotilmoqda. Farq unchalik katta bo‘lmasa-da, «Saipa Tiba» Ukrainadagi eng arzon avtomobilga aylandi.
Shuningdek, eng arzon avtomobillar reytingida Rossiya mahsulotlari ham o‘z o‘rnini yo‘qotgan. «Lada Granta»ning narxi taxminan 1000 dollarga qimmatlashgan, «Lada Kalina» esa Top-10 reytingiga kirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi