Ikkita Audi R8 superkari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazi – Qatar poytaxti Dohadagi Al Hazm’da suratga olindi. Ta’kidlanishicha, bu markaz qurilishiga 825 mln dollar sarflangan.
Savdo markazini qurish uchun Falastin va Toskanadan yetkazilgan 60 ming tonna tosh va marmar ishlatilgan. Binoni qurishda haybatli ustunlar, arka va gumbazlar bilan 18-asrdagi yevropacha savdo qatorlari uslubidagi markazni barpo etish vazifasi turgan. Hozirda Al Hazm “millionerlar savdo markazi” deb ataladi.
Suratga olishda Audi R8’ning to‘liq va orqa privodli variantlari ishtirok etgan. Ikkala avtomobil ham hajmi 5,2 litrli, 10 silindrli dvigatel bilan jihozlanadi. Biroq to‘liq privodli variantda dvigatel 610 ot kuchi, orqa privodlisida 540 ot kuchi beradi.
Superkarning to‘liq privodli varianti 100 km/soatga 3,2 soniyada, orqa privodlisi 3,7 soniyada erishadi. Orqa privodli Audi R8 cheklangan miqdorda – 999 dona ishlab chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”