GM Uzbekistan AJ xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunda avtokredit taqdim etayotgan tijorat banklari faoliyatini o‘rganib chiqdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda 18 ta tijorat banki turli shartlarda avtokredit xizmatini taklif etishmoqda.
Ular orasida dastlabki to‘lov miqdori 0% bo‘lgan banklar ham mavjud. Xususan, “Ravnaq bank”, “Oriyent Finans Bank”, “Turkiston bank” tomonidan dastlabki to‘lov mavjud bo‘lmagan taqdirda ham avtokredit taqdim etilmoqda. Bunda mijoz o‘z tomonidan kredit to‘lovining garovi sifatida bozor bahosi avtomobil narxidan 125% baland bo‘lgan mulkni yoxud shuncha miqdorda sug‘urtani amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bunday kreditlarning muddati 36 dan 60 oygacha, yillik stavkasi 24-28 %ni tashkil qiladi.
Masalan, agar siz Nexia 3 LT 2-poz. XATB “Ravnaq bank”ning 5 yil muddatga yillik 26% stavkada avtokreditini rasmiylashtirsangiz, oylik to‘lov o‘rtacha 2,6 mln. so‘mni tashkil qiladi.
GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar xaridi uchun tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlarning batafsil shartlari bilan quyidagi havola orqali keltirilgan ro‘yxatda tanishishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (2)
Mavzuga oid yangiliklar

Avtomobil uchun to‘liq to‘lov qilishga ulgurmaganlarning shartnomasi bekor qilinadimi?

UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshirilganini tushuntirdi

Markaziy bank rahbari: «Avtokreditlarni ilgari surayotgan banklar xatarni sezmayapti»

«Mikrokreditbank» yangi avtokredit taklif qilmoqda

Foto: GM Uzbekistan «Ravon» brendi ostida ishlab chiqarilgan dastlabki avtomobillarni sotuvga chiqardi

Toshkent avtosalonlarida Cobalt, Lacetti, Matiz mashinalarini bir kunda olib chiqish imkoniyati tug‘ildi