11:00 / 07.09.2021
2 537

Mashina sotib olishga navbatni oq bo‘yoq bilan keskin «kamaytirishdi»

Mashina sotib olishga navbatni oq bo‘yoq bilan keskin «kamaytirishdi»
Toshkentning Chilonzor tumanida inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 4 sentabr kuni UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga atab strit-art chizgan edi.

Ushbu ijodkor o‘zining Telegram kanali orqali ushbu strit-artning katta qismi o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi. Suratdan ko‘rish mumkinki, mashina sotib olishga bo‘lgan uzun navbat ancha "qisqargan".

Ko‘cha rassomining ijod namunasida Chevrolet savdo belgisi ostida avtomobillar ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors kompaniyasi monopoliyasiga ishora qilib, mashina olish uchun uzun navbat aks ettirilgan. Shuningdek, navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.

5 sentabr kuni strit-artni ohak yordamida o‘chirish boshlangan edi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagandi. Keyinroq @inkuzart Telegram’dagi kanalida strit-artning katta qismi oq bo‘yoq yordamida o‘chirib tashlangani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Mashina sotib olishga navbatni oq bo‘yoq bilan keskin «kamaytirishdi»