Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
2022 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Toshkent shahrida “Folksvagen Grup Rus” MCHJ bosh direktori Shtefan Mexa boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishning rivojlanishi “Folksvagen Grup Rus” MCHJda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda elektromobillar olib kirishda aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari olinmaydi. Bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalari negizida elektromobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda va bu yo‘nalishda xususiy tadbirkorlik sub’ektlari rivojlanib borayotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Xorijiy delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda 2030 yilga borib umumiy energetika balansidagi ulushi kamida 25 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bu yo‘nalishda 2021 yilda 100 MVt quvvatga ega birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, ikkinchisi esa 2022 yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2024 yilda umumiy quvvati 2,2 GVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ob’ektlarini, shuningdek, quvvati 326 MVt bo‘lgan GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi