1 434
Xitoy hukumati xorijiy aktivlarini AQSH sanksiyalaridan himoyalash yo‘llarini muhokama qilmoqda
Foto: Reuters
Xitoy hukumati bank vakillari bilan bo‘lib o‘tgan favqulodda yig‘ilishda Xitoyning xorijdagi aktivlarini AQSHning Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalariga o‘xshash ehtimoliy sanksiyalardan himoya qilish yo‘llarini muhokama qildi. Bu haqda uchrashuvdan xabardor manbalarga tayanib, The Financial Times xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, 22 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoy Markaziy banki va Moliya vazirligi, shuningdek, mamlakatda faoliyat yurituvchi barcha yirik mahalliy va xalqaro banklar vakillari ishtirok etgan.
Uchrashuvda, Xitoyga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq ssenariylar muhokama qilinmagan, biroq Xitoy rasmiylari «mintaqaviy harbiy mojaro yoki boshqa inqiroz yuzaga kelgan taqdirda» cheklovchi choralar qo‘llanilishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.
Sanksiya qo‘llanilishi sabablaridan biri, deb yozadi FT, Xitoyning Tayvanga hujumi bo‘lishi mumkin. Bu holatda «dunyo va G‘arb iqtisodiyotini ajratish ancha og‘riqli bo‘ladi, chunki Xitoyning iqtisodiy ta’siri butun dunyoga ta’sir qiladi» dedi nashr suhbatdoshlaridan biri.
Manbalardan birining ta’kidlashicha, Xitoy iqtisodi Rossiyadek xorijdagi aktivlarining muzlatilishi yoki banklarini SWIFT tizimidan o‘chirilishiga tayyor emas. «Uchrashuvda hech kim bu muammoga yaxshi yechim topa olmadi», dedi u. Xususan, eksportchilarning ichki bozorda sotishi kerak bo‘lgan valyuta tushumlari ulushini oshirish, shuningdek, Xitoy fuqarolarining chet elga chiqishi yoki mamlakat tashqarisidagi xarajatlari uchun yiliga sotib olishi mumkin bo‘lgan 50 ming dollar kvotani qisqartirish taklif etildi.
Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilari Xitoy iqtisodiyotining kattaligi va AQSH bilan yaqin aloqalarini hisobga olgan holda Qo‘shma Shtatlar Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashga jur’at etishiga shubha bildirdi.
AQSHda, deya eslatadi FT, Xitoyning 1,5 trillion dollarlik oltin-valyuta zaxiralari saqlanadi. Ukrainaga bosqin sabab Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan mamlakatlarda Rossiyaning jami 300 milliard dollarga yaqin valyuta zaxiralari bor edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas