11:53 / 02.05.2022
2 275

Rossiyada 1 may namoyishlarida 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Rossiyada 1 may namoyishlarida 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi
Rossiyaning 18 shahrida 1 may aksiyalarida 200 dan ortiq odam qo‘lga olindi. 2 may, dushanbaga o‘tar kechasi bunday ma’lumotlarni inson huquqlari bo‘yicha «OVD-Info» loyihasi e’lon qildi. Qo‘lga olinganlarning eng ko‘pi Moskva va Sankt-Peterburgda qayd etilgan - har bir shaharda 80 ga yaqin kishi.

Qo‘lga olinganlarning aksariyati yakka piketlar o‘tkazib, qo‘lida 1 may va urushga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ushlab turgan.

Moskvadagi Pushkinskaya maydonida «Tinchlik! Mehnat! May!» deb yozilgan plakatni ko‘tarib olgan sobiq sportchi Dmitriy Silin ushlangan. «Novaya gazeta» jurnalistlari Yelena Lukyanova va Andrey Dushutin Sankt-Peterburgda o‘z rasmlari namoyishi bilan muntazam ravishda piketlar o‘tkazuvchi rassom Yelena Osipovaning urushga qarshi mitingini tasvirga olish chog‘ida qo‘lga olindi.

Sankt-Peterburgda, Vasilevskiy orolida teleboshlovchi Vladimir Solovyov surati tushirilgan televizorga o‘zini kishanlab o‘tirgan Anna Anisimova qo‘lga olindi.

Novosibirsk va Yekaterinburgda bir necha o‘nlab odamlar ushlandi. Hibsga olishlar Nijniy Novgorod, Kirov, Perm, Yaroslavl va boshqa qator shaharlarda ham kuzatildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 1 may namoyishlarida 200 dan ortiq kishi qo‘lga olindi