15:17 / 02.05.2022
1 274

Borrell Kuleba bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi

Borrell Kuleba bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatga yordam ko‘rsatish va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini tayyorlash masalalarini muhokama qilgan. Bu haqda siyosatchi «Tvitter»dagi mikroblogida yozdi.

«Biz Dmitriy Kuleba bilan Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini muhokama qilish uchun gaplashmoqdamiz. Keyingi sanksiyalar paketi ustida ish davom etmoqda. May oyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi — Ukraina hamkorlik kengashi aloqalarimizni yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi», dedi u.

Shu bilan birga, Borrel Mariupoldagi vaziyat juda yomonligini, shoshilinch gumanitar evakuatsiya zarurligini qo‘shimcha qildi.

Mariupol — Ukrainaning Donesk viloyatida joylashgan Azov dengizi sohilidagi eng yirik shahar. Bu mintaqadagi metallurgiyaning asosiy markazlaridan biri hisoblanadi va yirik port shahri hamdir. Shaharda ikkita yirik qora metallurgiya korxonasi — Ilich nomidagi metallurgiya kombinati va «Azovstal» zavodi, shuningdek, «Azovmash» mashinasozlik korxonasi joylashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Borrell Kuleba bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi