Foto: The Insider
Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyaning «Natsionalnaya Media Gruppa» mediaxoldingi direktorlar kengashi raisi Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qildi, deb yozmoqda Bloomberg Ittifoqning sanksiyalar ro‘yxati loyihasi va bir qancha manbalarga tayanib.
Sanksiyalar loyihasida aytilishicha, «Natsionalnaya Media Gruppa» Rossiya ommaviy axborot vositalarida davlat propagandasini tarqatishda o‘z hissasiga ega va shu sababli Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga putur yetkazuvchi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda javobgardir.
Hujjatda aytilishicha, Kabayeva «Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan chambarchas bog‘liq».
Yangi sanksiyalar ro‘yxati Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar vakillari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shu munosabat bilan 7 may kuni Yevropa davlatlarining elchilari yig‘ilish o‘tkazadi. Bloomberg ta’kidlashicha, sanksiyalar ro‘yxatining yakuniy versiyasi hali o‘zgarishi ham mumkin.
Aprel oyi oxirida The Wall Street Journal manbalari AQSH rasmiylari Alina Kabayevaga qarshi sanksiyalar paketini tayyorlagani, ammo Vladimir Putinning «tajovuzkorona» munosabat bildirishidan xavfsirab, uni amalda qo‘llashni keyinga qoldirganini ma’lum qilgandi.
Nashrning yozishicha, AQSH rasmiylari Kabayeva Putinning «kamida uch nafar farzandi»ning onasi va u «Putinning xorijdagi shaxsiy boyligini yashirishda» muhim rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi