07:00 / 15.05.2022
1 914

Finlandiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakat har qanaqasiga NATOga kirishini aytdi

Finlandiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakat har qanaqasiga NATOga kirishini aytdi
Foto: Kreml rasmiy sayti
Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda Finlandiya prezidenti rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarda yozilishicha, Finlandiya prezidenti Putinga mamlakat har qanaqasiga NATOga kirishini aytgan. Sauli Niinistyo Finlandiyaning bu qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va Moskvaning NATO kengayishi bo‘yicha pozitsiyasi sabab bo‘lgan. Niinistyo mamlakatning NATOga qo‘shilishi o‘z xavfsizligini mustahkamlashi bilan birga boshqa davlatlar bilan hamkorlikka ta’sir qilmasligini ta’kidlagan. Finlandiya prezidenti mamlakat tez kunlarda NATOga a’zolik bo‘yicha ariza topshirishini aytgan.

«Suhbat ochiq o‘tdi, ammo hech kim qizishmadi. Keskinlikning oldini olish zarurligi ta’kidlandi», deydi Putin bilan suhbat haqida Finlandiya prezidenti.

«Prezident Niinistyo 2012 yil Putin bilan uchrashuvda har qanday mustaqil millat o‘z xavfsizligini maksimal darajada ko‘tarishga urinishi haqida gapirganini ta’kidlagan. NATOga qo‘shilish orqali Finlandiya aynan o‘z xavfsizligini mustahkamlaydi», deyiladi Finlandiya prezidenti rasmiy saytida.

Sauli Niinistyo Rossiya Ukrainada boshlagan urush sabab tinch aholi vakillari jabrlanayotganini afsus bilan ta’kidlagan. Kreml rasmiy saytida yozilishicha, Rossiya prezidenti Finlandiya doimiy harbiy neytralitetidan voz kechishi xato bo‘lganini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlandiya prezidenti Putinga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakat har qanaqasiga NATOga kirishini aytdi