Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Jo Bayden xalqaro terrorizmga qarshi kurashish uchun Somalida mamlakat harbiylarining doimiy ravishda bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uyning yuqori lavozimdagi vakili ma’lumot bergan.
«Prezident Bayden AQSH kuchlarini Sharqiy Afrikaga joylashtirish haqidagi mudofaa vazirining so‘rovini ma’qulladi va Somalida amerikalik harbiylarning doimiy bo‘linmalari tashkil qilinadi»,— degan Oq uy vakili brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra hududga 500 nafardan ko‘p bo‘lmagan harbiylar yuboriladi. Ular Somaliga Afrikaning boshqa mamlakatlaridan ko‘chirib o‘tkaziladi.
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilda amerikalik harbiylarni Somalidan olib chiqib ketish haqidagi qarorni imzolagan. Qo‘shinning mamlakatdan olib chiqiliihi 2021 yil yanvar oyida yakunlangan. The Wall Street Journal gazetasi Somalida 700 ga yaqin amerikalik harbiylarning bo‘lgani xususida yozgan.
Ammo AQSH harbiy kuchlarining Afrika qo‘mondonligi terrorchilikka qarshi operatsiyalar uchun mamlakat hududida aviazarbalar yo‘llash imkoniyatini saqlab qolgan. 2021 yil 21 iyulda Jo Bayden AQSH prezidenti sifatida lavozimga kirishganidan keyin Somalidagi «Ash-Shabob» terrorchilik tashkiloti vakillari bo‘lgan hududga aviazarbalar bergan.
16 may kuni Somalida yangi prezident Hasan Shayx Mahmud saylangan, u avval ham davlat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Saylangan prezident Somalini boshqa mamlakatlar bilan hamjihatlikda yashaydigan tinchliksevar yurtga aylantirishni va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi