23:00 / 20.05.2022
1 097

Antarktidadagi pingvinlarni kuzatish bilan shug‘ullanayotgan kichkintoy robot

Antarktidadagi pingvinlarni kuzatish bilan shug‘ullanayotgan kichkintoy robot
Foto: Live Science
Echo laqabli sariq gibrid yo‘ltanlamas tadqiqotchilarga Antarktidadagi hayvonlarni, xususan, imperator pingvinlarini kuzatishda yordam bermoqda, deb yozadi Live Science.

To‘rt g‘ildirakli robot 2017 yilda MARЕ nomi ostida ishga tushirilgan 30 yillik WHOI dasturining bir qismi hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida imperator pingvinlaridan Antarktidadagi umumiy ekotizimning indikatorlari sifatidan foydalaniladi. Olimlar pingvinlar iqlim o‘zgarishiga qanchalik moslashayotganini hujjatlashtirib, global isish uchmaydigan dengiz qushlari oziqlanadigan baliqlar soni va ularning taqsimlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga urinmoqda.

Robot masofadan turib boshqariladi, unga lidarlar va avtonom navigatsiya uchun GPS texnologiya o‘rnatilgan. Shuningdek, Echo’ning tadqiqotchilarga pingvinlar koloniyasini nazorat qilish va ularning harakatini kuzatish imkonini beradigan datchiklar mavjud.

Masalan, radiochastotani identifikatsiya antennasi WHOI tadqiqotchilari pingvinlarning polaponlariga besh oyligida o‘rnatilgan mitti RFID-belgilarni skaner qiladi. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, MARЕ loyihasi boshlanganidan buyon har yili 300 ta pingvinga belgi o‘rnatilmoqda.

Robot pingvinning RFID-belgisi harakati zonasiga — 86 santimetr radiusga kirishi bilan u qushning umumiy jismoniy va nasl qoldirish holati bo‘yicha ma’lumotlarni, shuningdek, pingvin dengizdaligida okeanografik ma’lumotlarni oladi.

Bundan tashqari, robot 360 darajaga burila oladigan kamera bilan ham jihozlangan. U olimlarga Echo duch keladigan alohida pingvinlarni aniqlashda yordam beradi, GPS ma’lumotlar esa qushning tabiatda tarqalganlik darajasini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktidadagi pingvinlarni kuzatish bilan shug‘ullanayotgan kichkintoy robot