Mariupoldagi “Azovstal” zavodida qurshovga olingan “Azov” millatchi bo‘linma jangarilari va ukrainalik harbiy xizmatchilar asirga tushishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
16 may kuni 265 jangari asirga tushgan, 17 may kuni esa yana 694 harbiy qurolini topshirgan. Taslim bo‘lganlarning 80 nafari yaradorlar.
Yaradorlarni DXRdagi Novoazovsk kasalxonasiga yuborishmoqda. U yerda ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tergovchilar jangarilarni Ukraina rejimining Donbassning tinch aholisiga qarshi jinoyatlari haqidagi jinoiy ish surishtiruvi doirasida so‘roq qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlari va DXR mudofaa kuchlari Mariupol shahrini 7 mart kuni qurshab olishgan edi. 21 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu shahar to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi, biroq “Azovstal” zavodida ukrainalik millatchi batalonining ikki mingdan ortiq jangarilari qolayotganini ta’kidlagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sanoat zonasiga hujumni to‘xtatishni, ammo "hatto pashsha uchib chiqa olmaydigan darajada” to‘sib qo‘yishni buyurgan edi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar