1 318
Zelenskiy urushni qo‘llab-quvvatlagan fuqarolarning mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Foto: Yandex
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning mamlakatga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlaganlarning mol-mulki va aktivlarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.
Tegishli qonun loyihasi 12 may kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan. U jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulkni, shuningdek, ular bevosita yoki bilvosita tasarruf etadigan mol-mulkni davlat daromadiga undirish tarzidagi sanksiyalarning yangi turini belgilaydi.
«Bosqinchilarning Ukrainaga qarshi tajovuzini u yoki bu tarzda qo‘llab-quvvatlovchi hamda sanksiyalar ostidagi shaxslarning aktivlarini aniqlash va musodara qilish tartibi Ukraina budjetini dushmanlar hisobiga tez va samarali to‘ldiradi. Qonunda ushbu jarayon uchun mas’ul bo‘lgan organlarga aniq ko‘rsatmalar berilgan. Men undagi barcha ishtirokchilarning samarali hamkorligiga umid qilaman», — deyiladi Ukraina prezidenti saytida.
Mart oyi boshida Oliy Rada Rossiyaning Ukraina hududidagi mulkini majburiy musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgandi. Hujjat rossiyalik yuridik va jismoniy shaxslarning Ukrainadagi mol-mulki va moliyaviy resurslarini milliylashtirishni nazarda tutadi. May oyi boshida Ukrainadagi «Sberbank» va «VЕB.RF» davlat korporatsiyasining sho‘’ba korxonalari aktivlarini musodara qilish to‘g‘risida farmon imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda