20:50 / 25.05.2022
1 187

Milliarderlar Aven va Fridman Yevropa kengashini sudga berdi

Milliarderlar Aven va Fridman Yevropa kengashini sudga berdi
Mixail Fridman va Pyotr Aven / Foto: RIA Novosti
Bryussel tomonidan sanksiyalar kiritilgan milliarderlar Pyotr Aven va Mixail Fridman Yevropa sudiga Yevropa kengashi ustidan da’vo arizasi berdi.

Aven da’vo arizasini 23 may kuni, Fridman 24 may kuni bergan. Aven va Fridman Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiya sababli» Yevroittifoq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.

Ta’kidlanishicha, Aven «hokimiyatdagi aloqalari ortidan daromadga ega bo‘lgan», Fridman esa «Vladimir Putin ma’muriyati bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan».

Aprel oxirlarida milliarder Alisher Usmonov Yevropa kengashi ustidan Yevropa sudiga ariza bergandi. Unga nisbatan ham 28 fevralda sanksiyalar joriy etilgandi.

May oyida VEB.RF korporatsiyasi va uning rahbari Igor Shuvalov ana shunday ariza bergan. Shuningdek, Yevropa sudida «Magnit» aksiyadori Aleksandr Vinokurov (Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi), biznesmenlar Dmitriy Pumpyanskiy (TMK va «Sinara» guruhi aksiyadori), Vadim Moshkovich (Rusagro aksiyadori), Igor Kesayev («Merkuriy» aksiyadori) va Andrey Melnichenko (Yevroxim aksiyadori), Dmitriy Mazepin («Uralxim», «Uralkaliy», «Tolyattiazot» egalaridan biri) arizalari ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milliarderlar Aven va Fridman Yevropa kengashini sudga berdi