1 316
«Tinchlikka hech qanday umid ko‘rmadim» — Italiya bosh vaziri Dragi Putin bilan suhbati haqida
Foto: Getty Images
Italiya bosh vaziri Mario Dragining aytishicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti davomida «tinchlikka hech qanday umid ko‘rmagan». Dragi bu haqda jurnalistning savoliga javoban gapirdi.
26 may kuni Dragining Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida, avvalo, Ukrainadan don yetkazib berishning to‘sib qo‘yilishi sabab yuzaga kelayotgan global oziq-ovqat inqirozi xavfi haqida gap ketgan.
Dragining so‘zlariga ko‘ra, Putin Ukraina portlari Kiyevning aybi bilan to‘sib qo‘yilganini, ukrainaliklar go‘yoki portlarga olib boradigan yo‘llarni minalashtirganini aytgan. Italiya bosh vaziri vaziyatni suv hududini tozalash va Rossiyaning portlarga hujum qilmaslik haqidagi kafolati bilan hal qilish mumkin, deb hisoblamoqda.
Kremlning bayonotiga ko‘ra, Putin Dragiga «Rossiya G‘arbning siyosiy motivlarga asoslangan cheklovlarini olib tashlashi sharti bilan don va o‘g‘it eksporti orqali oziq-ovqat inqirozini yengishga ulkan hissa qo‘shishga tayyorligini» aytgan.
Dragi aprel boshida Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida Putin bilan telefon suhbatlarini «foydasiz» deb hisoblay boshlaganini aytgandi. U Putindan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishni so‘raganda, Rossiya prezidenti «Hali vaqti kelmadi» deb javob qaytargan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”