Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketi haqidagi farmonni imzoladi, deb yozadi Meduza Oq uy saytiga tayanib.
Paket, xususan, HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini o‘z ichiga oladi, ularning o‘q otish radiusi bir necha yuzlab kilometrni tashkil etadi.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qilishicha, Kiyev Vashingtonga quroldan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishda foydalanilmasligini kafolatlagan.
Ukraina hukumati uzoqqa to‘p otadigan baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini yetkazib berishni bir necha haftalardan buyon so‘rab kelayotgan edi. Oq uy bunday qurol Rossiya hududiga zarbalar berishda qo‘llanilishidan xavfsirab, qaror qabul qilishni kechiktirib keldi.
Shuningdek, Reuters o‘z manbalariga tayanib yozishicha, AQSH hukumati Ukrainaga Hellfire raketalari bilan qurollanishi mumkin bo‘lgan MQ-1C Gray Eagle uchuvchisiz uchar qurilmasidan to‘rttasini sotishni rejalashtirmoqda.
Jo Bayden ma’muriyati Kiyevga uchuvchisiz uchar qurilmalar sotilishi haqida kongressni yaqin kunlarda xabardor qiladi, shundan keyin bu haqda ommaga e’lon qilinadi.
Avvalroq Bayden The New York Times gazetasi uchun maqola yozib, AQSH va uning ittifoqchilari Ukrainaga qurol yetkazib berishda, Rossiyaga sanksiyalar orqali bosim o‘tkazishda va NATOning sharqiy qanotini mustahkamlashda davom etishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, Amerika prezidenti NATO Rossiya bilan jang qilmasligini va AQSH Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish niyatining belgilarini ko‘rmayotganini takrorladi.
31 may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington Kiyevga Rossiya hududiga yetib bora oladigan raketa komplekslarini bermasligini aytgan edi. Ertasi kuni The New York Times gazetasiga bergan bayonotida u Kiyevga «jang maydonidagi asosiy nishonlarga aniqroq zarba berish» imkonini beradigan ilg‘or raketa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berilishini e’lon qildi.
Oq uy Ukrainaga M142 HIMARS MLRS’ni o‘z ichiga olgan yangi 700 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etishini aytdi. Bayden ma’muriyati Ukraina harbiylari ulardan Rossiyadagi nishonlarga zarba berishda foydalanmasligi kerakligini ta’kidladi.
Rossiya TIV Ukrainaga Rossiya hududiga yetib bora oladigan qurol-yarog‘ yetkazib berilishi «keskinlashuv sari katta qadam» bo‘lishidan ogohlantirgan. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni bas qilishni talab qilgan.
Zelenskiy esa Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi. Ukraina uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni Rossiyadagi nishonlarga hujum qilish maqsadida emas, balki o‘z mudofaasi uchun so‘ramoqda, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi