1 035
Qirg‘izistonda sog‘liqni saqlash vaziri va bosh prokuror lavozimlaridan vaqtinchalik chetlatildi
Alimkadir Beyshenaliyev
Foto: «Akipress»
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh prokurori egallab turgan lavozimlaridan vaqtinchalik chetlatildi, deb yozadi «Interfaks» prezident matbuot xizmati 4 iyun kuni tarqatgan xabarga tayanib.
«Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev jinoyat sodir etishda gumonlanib, qo‘lga olingani sababli prezident Sadir Japarov tergov vaqtida uni egallab turgan lavozimidan vaqtinchalik chetlatish haqidagi buyruqni imzoladi», — deyiladi xabarda.
Yana bir buyruq bilan Qirg‘iziston bosh prokurori Kurmankul Zulushev vaqtinchalik ishdan olindi.
«Sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyevga nisbatan jinoyat ishi har tomonlama va adolatli tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida, konstitutsiyaviy aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini, shuningdek, ishning har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirilishini e’tiborga olgan holda, sog‘liqni saqlash vaziri va bosh prokuror o‘rtasida yuzaga kelgan shaxsiy aloqalarni hisobga olgan holda ularni egallab turgan lavozimlaridan vaqtinchalik chetlatish haqida qaror qabul qilindi», — deya aniqlik kiritiladi xabarda.
Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyevning qo‘lga olinishi bo‘yicha holatni o‘rganish uchun komissiya tuzgan edi.
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri vaksinalarni asossiz sotib olganlikda gumonlanmoqda.
«2020 yil dekabridan 2021 yil sentabrigacha Qirg‘iziston xalqaro tashkilotlar, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon va Qozog‘istondan beg‘araz gumanitar yordam sifatida 451 560 doza vaksina qabul qilgan. Shuningdek, davlat rahbarining Rossiya va Xitoy prezidentlari bilan kelishuvlari natijasida gumanitar yordam ko‘rinishida 6 million dozadan ortiq vaksina olingan. Shunga qaramay, sog‘liqni saqlash vaziri topshirig‘i bilan vazirlik chet el kompaniyasidan 1 milliard 581 ming som (taxminan 12,5 million dollar) qiymatdagi 2 million 460 ming doza vaksina sotib olgan», — deyiladi bosh prokuratura xabarida.
Qayd etilishicha, barcha mablag‘lar ofshor hisoblarga o‘tkazilgan.
Beyshenaliyevga nisbatan yetti jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, shularning bittasi poraxo‘rlik, ikkitasi — tamagirlik, to‘rttasi — xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va foyda keltirmaydigan shartnoma tuzish haqidagi moddalar bo‘yicha.
Bosh prokuratura ushbu jinoyat ishi doirasida sog‘liqni saqlash vazirligining uch nafar mansabdori — vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Bekturganov, respublika immunoprofilaktika markazi direktori Gulbara Ishenapisova, dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘limi mudiri Sulton Satarbekov hibsga olinganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi