00:30 / 07.06.2022
1 625

Britaniyada bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz beriladi

Britaniyada bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz beriladi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya parlamenti deputatlari 6 iyun kuni kechqurun bosh vazir Boris Jonsonga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish o‘tkazadi, deb yozadi Meduza. Sky News telekanaliga ko‘ra, u mahalliy vaqt bilan 18:00 va 20:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00-00:00) oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Konservativ partiyadan deputatlarning kamida 15 foizi (54 kishi) bosh vazirning iste’fosini talab qilib parlament qo‘mitasiga xatlar jo‘natganidan keyin jarayon boshlab yuborilgan.

Ishonchsizlik votumini 2020—2021 yillarda qat’iy lokdaunlar va cheklovlar paytida hukumat a’zolari va Jonsonning o‘zi uyushtirgan ziyofatlar bilan bog‘liq mojaro tufayli e’lon qilishmoqchi.

Jonsonning o‘zi iste’foga chiqishdan bosh tortmoqda. BBC manbalari fikricha, uni lavozimidan chetlatish uchun zarur bo‘lgan 180 ta ovoz to‘planishi ehtimoldan uzoq.

Ishonchsizlik votumiga ovoz berish Jamoatchilik palatasining Konservativ partiyadan a’zolari orasida bo‘lib o‘tadi, Qaror oddiy ko‘pchilik bilan qabul qilinadi. Ishonchsizlik votumi e’lon qilingan taqdirda Jonson partiyaning yangi yetakchisi saylanguniga qadar bosh vazir bo‘lib qoladi. U g‘olib chiqqan taqdirda yaqin bir yil ichida ovoz berishni qaytadan o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi.

Avvalroq Boris Jonson koronavirus cheklovlarini buzgan holda o‘tkazilgan bazmda ishtirok etgani uchun parlamentdan kechirim so‘ragan edi. Jonsonning ma’lum qilishicha, u qoidani ataylab buzmagan va parlamentni chalg‘itish niyatida bo‘lmagan, shu sababli iste’fo berish niyatida emas.

Ta’kidlash kerakki, Britaniya siyosiy elitasi koronavirus pandemiyasi vaqtida Partygate nomini olgan bir nechta bazmlarda ishtirok etgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Jonson bu kabi tadbirlarning kamida oltitasida qatnashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz beriladi