11:09 / 07.06.2022
2 414

Putin Ukrainada o‘lganlarning oilalariga pul to‘lashga oid farmonni imzoladi

Putin Ukrainada o‘lganlarning oilalariga pul to‘lashga oid farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududidagi urush hamda Suriyadagi jangovar harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan Milliy gvardiya qo‘shinlari hamda FSB chegara xizmati harbiylari oilalariga besh million rubldan to‘lash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bu summa Ukraina va Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik «ko‘ngillilar»ning yaqinlariga ham beriladi.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga bostirib kirganidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligi qurbonlar sonini so‘nggi marta 25 martda rasman e’lon qilgandi xolos. O‘shanda Ukrainada 1351 nafar rossiyalik o‘lgani, 3825 nafari yaralangani aytilgandi. Undan keyin o‘tgan ikki yarim oy davomida halok bo‘lganlar soni oshkor qilingani yo‘q.

Xorij manbalari Ukrainada o‘lgan rus harbiylari soni rasmiy qaydlardan bir necha bor ko‘pligini ta’kidlab kelishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukrainada o‘lganlarning oilalariga pul to‘lashga oid farmonni imzoladi