Kemerovoda Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirildi

1 daqiqa o'qish1.5K
Kemerovoda Usmon Nosir xotirasiga hurmat bajo keltirildi
Usmon Nosirning betakror iste’dodi, matonati, vatanparvarligi tufayli o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi. Qatag‘onga uchragan shoirning hayot yo‘li, merosi bugungi kunda keng o‘rganilmoqda.

Kemerovoda otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil qilindi.

Tadbir ishtirokchilariga shoir hayoti va ijodini aks ettiruvchi ko‘rgazma va videofilmlar, taniqli rejissyor Murod A’zamov sahnalashtirgan “Usmon Nosir” spektaklidan parchalar namoyish etildi. O‘zbekistonlik talabalar shoirning “Oq she’r” “Mening bog‘im”, "Yurak" she’rlarini o‘qib berdi.

Tadbirda "Vatandoshlar" jamoat fondi rahbari Odiljon Sattorov shoirning noyob iste’dodi, matonati, vatanparvarligi haqida gapirdi.
– Usmon Nosir nafaqat O‘zbekiston, balki butun MDH davlatlarining mashhur shoirlaridan biri, – deydi rejissyor Yevgeniy Alladinskiy. - Uning she’rlari hali ham Kemerovo viloyati aholisining qalbida yashaydi.

Ushbu tadbir ishtirokchilari, jumladan men ham shoir haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Bugungi tadbir O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga alohida e’tibor qaratayotganidan, vatandoshlar bilan aloqalarni uzlashdan, o‘zbek xalqining buyuk ajdodlari xotirasini abadiylashtirishga qaratilayotganidan dalolatdir.

"Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan anjumanda viloyatda istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari bilan birga san’atkorlar, adabiyot ixlosmandlari, faol hamyurtlarimiz, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?