Germaniya Gretsiyani yevrohududdan chiqarib yuborishga urinmoqda


Evrohududdagi bir qator mamlakatlar Germaniya boshchiligida Gretsiyaning qarzdorligi bo‘yicha dastur masalasida kelishuvga erishilmasa, mamlakatni yevro valyutasi hududidan chiqarilishiga roziligini bildirdi. Bu haqda Malta moliya vaziri Edvard Shikluna ma’lum qilgan.
U qarzdorlik masalasida Gretsiyaga vositachi bo‘lishini aytib o‘tgan.
Shiklunaning so‘zlariga ko‘ra, Afina xalqini defoltdan saqlab qolish uchun Gretsiya evrohududdagi hamkorlari bilan kelishuvga erishishi lozim.
20 fevral kuni Yevrohudud moliya vazirlari so‘nggi 10 kunda uchinchi marta va Gretsiya tomoni bilan muzokaralar o‘tkazib, moliyaviy yordam dasturini davom ettirish masalasida bir to‘xtamga kela olishmadi. Bunga 19 fevral kuni Afinaning kelishuvdagi shartlarni o‘zgartirishga urinishi rasmiy Berlin tomonidan rad etilgani sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 19 fevralda Afina va Berlin oshkora ravishda o‘zaro e’tirozlarini bildirdi. Bu holat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning Gretsiyada hukumat tepasiga SIRIZA partiyasi kelganidan so‘ng, qay darajada yomonlashganini ko‘rsatmoqda.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…