Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada kengaytirmoqda. 29 iyun, chorshanba kuni kechqurun Londondagi hukumat qo‘shimcha 1 milliard funt sterling (1,2 milliard yevrodan ozroq) taqdim etilishi va shu tariqa, Kiyevga yordam deyarli ikki baravar ko‘payishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda g‘arb axborot agentliklari.
Ushbu harakat mamlakatga Rossiya bosqinidan mudofaa holatidan hujum operatsiyalarini kuchaytirishga yordam berishga qaratilgan. Gap havo hujumidan mudofaa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va radioelektron kurash uchun uskunalar yetkazib berish haqida bormoqda.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 30 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida moliyalashtirish hajmini oshirish haqida ma’lum qilishi rejalashtirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutgan harbiy muvaffaqiyatlar yo‘qligi fonida, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari «borgan sari vahshiylikka» aylanib bormoqda.
Umuman olganda, Dauning-strit ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ajratishga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...