17:47 / 30.06.2022
1 331

Ukraina DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Suriya bilan aloqalarni uzadi

Ukraina DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Suriya bilan aloqalarni uzadi
Foto: «TASS»
Ukraina Suriyaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olish qaroridan keyin bu mamlakat bilan barcha aloqalarini uzadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z Telegram-kanalida yozdi.

«U holda Suriya bilan hech qanday aloqalar boshqa bo‘lmaydi, Suriyaga qarshi sanksiya bosimi esa, aksincha, yanada kattaroq bo‘ladi», — dedi u.

29 iyun kuni SANA agentligi va Suriya davlat televideniyesi Tashqi ishlar vazirligidagi rasmiy manbaga tayanib mamlakatning DXR va LXR mustaqilligini tan olish qarori haqida e’lon qildi. Suriya tomoni o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va diplomatik aloqalar o‘rnatish borasida ikkala respublika bilan bog‘lanishi qayd etildi.

Suriya DXR mustaqilligini tan olmoqchiligi haqida iyun o‘rtalarida respublika rahbari Denis Pushilin ma’lum qilgan edi. Jarayon boshlangani haqida Suriya prezidenti Bashar Asad DXR delegatsiyasining Damashqqa tashrifi chog‘ida e’lon qilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Suriya tomonidan Donbass respublikalarining tan olinishini olqishlashini aytdi.

Rossiya DXR va LXRni mustaqil davlatlar sifatida 21 fevral kuni tan olgan edi. Ayni paytgacha Donbass respublikalari mustaqilligini Rossiyadan tashqari, Abxaziya ham tan olgan.

Respublikalarni tan olganidan keyin bir necha kun o‘tib, Rossiya Ukrainani «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish» (qurolsizlantirish va natsizmni yo‘q qilish) bo‘yicha harbiy operatsiya boshladi. Zelenskiy Rossiyaning respublikalar maqomi bo‘yicha qarorini tan olmadi va maxsus operatsiyaga javoban umumiy safarbarlik e’lon qilib, harbiy holat rejimini kiritdi. Shuningdek, Kiyev Moskva bilan diplomatik aloqalarni ham uzdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina DXR va LXR mustaqilligini tan olgan Suriya bilan aloqalarni uzadi