07:30 / 06.07.2022
1 266

Britaniya moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari iste’fo berdi

Britaniya moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari iste’fo berdi
Foto: Reuters
Britaniya xazinasi kansleri Rishi Sunak va sog‘liqni saqlash vaziri Sojid Jovid iste’foga chiqdi.

Jovid «sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohalaridagi misli ko‘rilmagan miqyosdagi muammolar» sababli lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

O‘z navbatida, Sunak «jamoatchilik hukumat talab qilingan tarzda sifatli va jiddiy ishlashini kutayotgani»ni bildirdi.

«Bu mening so‘nggi vazirlik faoliyatim bo‘lishi mumkinligini tushunaman, ammo bu standartlar uchun kurashish kerak va aynan shu bois iste’foga chiqyapman», — dedi u.

Jovid vazirlik lavozimida bir yilga yaqin faoliyat ko‘rsatdi – undan avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok o‘tgan yili iste’foga chiqqandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari iste’fo berdi