Olti britaniyalik vazir zudlik bilan iste’foga chiqdi va bosh vazir Boris Jonsondan ham o‘z lavozimini tark etishni so‘radi, deb yozadi The Guardian.
Jumladan, uy-joy kommunal xo‘jaligi, jamoalar vaziri Maykl Gove ketishini e’lon qildi, u Jonsonni ketishga chaqirgan.
Britaniya moliya xizmatlari kotibi Jon Glen ham hukumat Brexitdan keyin moliya sektorini «qayta ishga tushirish» bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etishidan bir necha kun oldin iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shuningdek, maktablar bo‘yicha mas’ul Robin Uoker, Bolalar va oilalar bo‘yicha vazir Uill Kvins, Bosh prokuror Viktoriya Atkins va Agroinnovatsiyalar va iqlim o‘zgarishiga moslashish vaziri Jo Cherchill iste’foga chiqdi. Bundan tashqari, Reychel Maklin «qadriyatlar, tamoyillar va halollik birinchi o‘rinda turishini» aytib, Qo‘riqlash vaziri lavozimini tark etmoqda.
Avvalroq moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari Rishi Sunak va Sajid Javid iste’foga chiqqan edi. Ulardan keyin Buyuk Britaniyaning Marokash bo‘yicha savdo vakili Endryu Morrison, Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi raisining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Bim Afolami va parlamentning yana uch nafar xususiy kotiblari ketish arizasini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi