01:03 / 08.07.2022
2 334

Germaniya Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib bermaydigan bo‘ldi

Germaniya Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib bermaydigan bo‘ldi
Germaniya o‘z xavfsizligi manfaatlaridan kelib chiqib, Kiyevga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib berish rejasidan voz kechdi. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Kristine Lambrext ma’lum qildi.

"Biz Ukrainani imkonimiz boricha qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo Germaniyaning mudofaa salohiyatini ta’minlashimiz zarur", - dedi u.

"Shu bois, ayniqsa hozirgi paytda bundesver bosh inspektori Eberhard Sornning harbiy tavsiyalarini rad etgan holda bundesverni talash mas’uliyatsizlik bo‘ladi", deb ta’kidladi Lambrext.

Avvalroq general Sorn Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini berish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytgandi.

Shu bilan birga, XDS/XSS fraksiyasi bundestagdan Kiyevga 200 dona bronetransportyor berilishini ma’qullashini talab qilmoqchi.

Kristine Lambrext 28 iyun kuni Germaniya Ukrainaga uch dona Panzerhaubitze o‘ziyurar artilleriya qurilmalarini berishini ma’lum qilgandi. Bunga qadar Kiyev Berlindan yetti dona ana shunday 155-millimetrli gaubitsalarni qabul qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib bermaydigan bo‘ldi