Moskvada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. bu haqda Rossiya MSK matbuot xizmati xabar qildi.
Muzokaralar chog‘ida Vladimir Norov O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishga oid referendumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida so‘zlab berdi va Pamfilovaga xalqaro kuzatuvchilar delegatsiyasiga rahbarlik qilishni taklif qildi.
“Men shaxsan O‘zbekistonga borishga harakat qilaman. Har qanday holatda Rossiya MSK delegatsiyasi referendumda bo‘ladi. Sizga referendumni o‘tkazishda muvaffaqiyat tilayman”, - dedi Rossiya MSK raisi.
Pamfilova uchrashuv ishtirokchilariga mintaqalarda masofaviy elektron ovoz berish tizimidan foydalanish tajribasi va 11 sentabr kuni Moskvada munitsipal saylovlarda saylovchilarning elektron ro‘yxati qo‘llanishi kelajagi haqida gapirib berdi.
U MSK O‘zbekiston vakillari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid seminar tashkil etishga tayyorligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?