2 955
«Putin — qotil». Jurnalist Marina Ovsyannikova Kreml yaqinida yakka o‘zi norozilik namoyishiga chiqdi
Jurnalist va «Birinchi kanal»ning sobiq muharriri Marina Ovsyannikova Kreml ro‘parasidagi qirg‘oqda yakka o‘zi mitingga chiqdi.
U ko‘targan plakatda «Putin — qotil. Uning askarlari fashistlardir. 352 nafar bola halok bo‘ldi. (Urushni) To‘xtashingiz uchun yana qancha bolalar o‘lishi kerak?», – deb yozilgan.
Shu yilning 14 mart kuni Rossiyaning «Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikova «Vremya» dasturining kechki efir payti Ukraina hududida ketayotgan harbiy harakatlarga qarshi yozilgan so‘zlar va rossiyaliklarning quloq-ko‘zini teleyekranlardagi aldov bilan to‘ldirishayotgani haqidagi plakatini ko‘tarib chiqib, butun dunyoga mashhur bo‘lgandi.
Boshlovchi ortida kutilmaganda ingliz va rus tillarida «Urushga yo‘q deymiz. Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Rossiyaliklar urushga qarshi» deb yozilgan plakat ko‘targan muharrir dasturning keyingi qismiga o‘tilgungacha «Urushni to‘xtating! Urushga yo‘q!» degan so‘zlarni bir necha bor takrorlashga ulgurib qoladi.
Kreml ushbu harakatga «bezorilik» deb ta’rif bergach, 15 mart kuni Moskva Ostankino sudi Ovsyannikovani Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha aybli deb topib, unga 30 ming rubl jarima belgilaydi, ishidan ham bo‘shatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi