Olmaota, Chimkent va Aqto‘be, Atirau, Olmaota, Jambil, Qizilo‘rda, Sharqiy Qozog‘iston viloyatlarida tartibsizliklar, davlat ob’ektlarini o‘t qo‘yish, mulkni vayron qilish, terrorchilik aktlari sodir etganlikda aybdor deb topilganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi vakili Yeldos Qilimjonov ma’lum qildi.
Hozirda hibsda saqlanayotgan gumondorlar talonchilik, binolarga o‘t qo‘yish, o‘qotar qurollarni o‘g‘irlash, davlat muassasalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qurolli hujum qilishda faol ishtirok etgani ishonchli tarzda aniqlangan.
Har bir hibsga olingan shaxsning jinoyatga aloqadorligi to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjud, deydi prokuror. Uning qayd etishicha, yanvar voqealari bo‘yicha jami 429 ta jinoyat ishi sudga yuborilib, ularda 545 nafar shaxs sudlangan.
Davlat mansabdor shaxslariga zo‘ravonlik qilish, mol-mulkni yo‘q qilish bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlarni sodir etgan, bundan tashqari, yetkazilgan zararni qoplamagan va sudlanganligi o‘talmagan 83 nafar sudlanuvchiga qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...